
NATO bosh kotibi Mark Ryutte 11 dekabr, payshanba kuni Berlindagi chiqishida, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga qarshi urush bilan cheklanib qolishini istamasligini ta’kidladi. Uning fikricha, NATOning asosiy vazifasi — Rossiyaning agressiyasini to‘xtatishdir. Ryutte "Biz — Rossiyaning navbatdagi maqsadi", deb ta’kidladi va tahdidning allaqachon mavjud ekanini qo‘shimcha qildi.
Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, NATOning vazifasi — urushning oldini olish va qurolli kuchlarning mudofaa qobiliyatini oshirish. U Ukrainaga ko‘makni kuchaytirish va mudofaa xarajatlarini ko‘paytirishga chaqirdi. "Qurolli kuchlarimiz himoya uchun zarur bo‘lgan barcha vositalarga ega bo‘lishi kerak. Ukraina esa mudofaa uchun zarur barcha vositalarni hozir olishi kerak", — dedi u.
Shuningdek, u NATO ittifoqchilari ko‘pincha vaziyatning jadalligini his qilmayotganini va vaqt ular tomonida deb o‘ylayotganini bildirdi. "Ammo bu unday emas", — dedi Ryutte.
Ryutte AQSHning Ukrainadagi urushni to‘xtatishga qaratilgan sa’y-harakatlarini sharhlar ekan, Donald Trampni Putin bilan muzokaralar olib borish uchun yagona shaxs deb ko‘rsatdi. Shu bois, Putin tinchlikka intilayotgani yoki urushni davom etishiga qaror qilganini aniqlash kerak, deydi Ryutte. Uning fikricha, Rossiyaga nisbatan bosimni saqlab qolish zarur.
Ryutte Rossiyaning maqsadiga erishib, Ukraina ishg‘ol qilinishi mumkin bo‘lgan ssenariydan ogohlantirdi. Bu holatda Rossiya chegaralari NATO bilan uzunroq bo‘lib, qurolli hujum xavfi yanada ortishi mumkin. Unga ko‘ra, bunday holda mudofaa sohasida katta o‘zgarishlar, yangi byudjetlar va moliyaviy bosim talab qilinadi. "Bu iqtisodiy inqirozlar, davlat xarajatlarini qisqartirish va yangi moliyaviy bosim deganidir", — deb urg‘uladi u. Mark Ryutte Ukraina xavfsizligining, umuman, NATO xavfsizligi bilan chambarchas bog‘liq ekanini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.