Qozog‘istonga tuxum olib kirishga vaqtincha taqiq qo‘yildi

Qozog‘istonda 12 dekabrdan boshlab uchinchi mamlakatlar va YEOII davlatlaridan yangi tovuq tuxumlarini barcha transport vositalari orqali olib kirishga vaqtincha taqiq joriy etildi. Cheklov bir oy muddatga belgilangan. Taqiq mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kiritilgan. YEOII a'zosi bo‘lgan mamlakatlar orqali tuxumlarning tranzitiga cheklov tatbiq etilmagan.
Qozog‘istonda uchinchi mamlakatlar va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) davlatlaridan tuxum olib kirishga vaqtincha cheklov kiritildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi bu haqda xabar berdi.
Vazirlik tomonidan e’lon qilingan buyruqka ko‘ra, 12 dekabrdan boshlab, yangi tovuq tuxumlarini mamlakatga olib kirish uchun barcha transport vositalari orqali taqiq joriy etilmoqda. Bu cheklovlar bir oy muddatga belgilab qo‘yilgan.
Mazkur taqiq mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan. Shuningdek, YEOII a’zosi bo‘lgan mamlakatlar orqali tuxumlarning tranzitiga cheklov tatbiq etilmagan.






























Izohlar 0
…