date

Pentagonda keskinlik: Hagset Driskollni Ukraina muzokaralaridan chetlatdi!

Pentagonda keskinlik: Hagset Driskollni Ukraina muzokaralaridan chetlatdi!

Pentagon rahbari (AQSH mudofaa vaziri) Pit Hegset AQSH armiyasi vaziri Deniyel Driskollni Ukrainadagi ziddiyatni tartibga solish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar jarayonidan chetlatdi. Hegsetning fikricha, vazir o‘z vakolat doirasidan tashqariga chiqib ketgan. Bu haqda The Telegraph nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

«Vakolat doirasidan chiqish»

Gazeta suhbatdoshining ta’kidlashicha, Deniyel Driskoll "o‘z zimmasiga juda ko‘p narsani olib yubordi va shuning uchun jazolandi". Nashr manbalari Pentagon rahbari Pit Hegsetni hatto “paranoik” deb ham atagan.

Bu voqea AQSH Mudofaa vazirligi ichida siyosiy keskinlik mavjudligini ko‘rsatadi.

Kiyevdagi muvaffaqiyatsizlik

The Telegraph nashrining yozishicha, noyabr oyida Deniyel Driskollga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha AQSH tomonidan tayyorlangan rejani taqdim etish topshirilgan edi.

Ammo ushbu uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlandi va Ukraina tomoni AQSHning takliflarini rad etdi.

Bekor qilingan tashriflar

Muzokaralardagi ushbu muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, ikki hafta oldin Driskoll muloqotni davom ettirish uchun yana Kiyevga borishi kerak edi, lekin uning ushbu safari bekor qilindi.

Shuningdek, u 1 dekabr kuni Parijda Zelenskiy va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muhim muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan edi, biroq Driskoll bu uchrashuvni ham yana bekor qildi.

Pit Hegsetning bu qarori AQSHning Ukrainadagi tinchlik jarayoniga yondashuvida jiddiy o‘zgarishlar bo‘layotganini anglatishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Pentagonda keskinlik: Hagset Driskollni Ukraina muzokaralaridan chetlatdi!