13:52 / 06.02.2017
5 878

Stoun Trampni Ukrainadagi mojarolarga doir hujjatlarni oshkor qilishga chaqirdi

Stoun Trampni Ukrainadagi mojarolarga doir hujjatlarni oshkor qilishga chaqirdi

Amerikalik mashhur kinorejissyor Oliver Stounning fikricha, AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina mojarosiga doir maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishi kerak. Rejissyor Rossiyaning birinchi kanalidagi "Voskresnoe vremya" dasturida shunday fikrni bildirgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Uning fikricha, amerikaliklar vaziyatning haqiqiy ahvolini bilishmaydi. "Agar men prezident Tramp bo‘lganimda, Ukraina bo‘yicha barcha ma’lumotlarni oshkor qilgan bo‘lar edim. Suriya bo‘yicha ham, ammo birninchi bo‘lib Ukrainani, chunki aynan shu erdan yangi sovuq urushi boshlanadi", — degan rejissyor.

Stoun Amerika yuqori doiralarining go‘yoki Rossiya "Qrimni bosib olgani, Donbassga harbiylarini yuborgani va umuman Ukrainaga tahdid solayotgani" haqidagi iddaolarini "ertak" deb baholadi. Rejissyorga ko‘ra, zamonaviy voqeliklar, shu jumladan Ukraina mojarosi ortida Amerika Markaziy Razvedka Boshqarmasi (MRB) turibdi. Ukraina "sovuq urushning boshidanoq ularning nishoni bo‘lgan edi", -degan Oliver Stoun.

Stounning ta’kidlashicha, Vashingtonga urush boshlash uchun chuqur o‘ylangan bahona kerak.

"Bu ahmoqlik. AQShga qo‘rquv kerak, dushman kerak va bitta emas. Menimcha, Amerika qudrati dushmanlar asosida quriladi, chunki bu boylik keltiradi", — deya xulosa qilgan rejissyor.

Amerika kinoakademiyasining yuksak mukofoti "Oskar"ning uch karra sovrindori Oliver Stoun "Uoll Strit: Pullar uxlamaydi", "Egizak binolar", "Jon F. Kennedi: Dallasdagi fojia" kabi filmlarni suratga olgan. U jiddiy siyosiy mavzularda filmlar suratga olishi bilan mashhurdir.

Stoun 2016 yilda "Ukraina olov domida" nomli hujjatli filmini taqdim etdi. Unda 1941-2014 yillarda ushbu mamlakatda ro‘y bergan voqealar hikoya qilingan. Kartinada, xususan, Ikkinchi jahon urushi davrida faoliyat yuritgan milliy harakatlar haqida hikoya qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Stoun Trampni Ukrainadagi mojarolarga doir hujjatlarni oshkor qilishga chaqirdi