Fevral oyi davomida Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin O‘rta Osiyoga tashrif uyushtirishi, jumladan, O‘zbekistonga ham kelishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Mazkur tashrif davomida Vladimir Putin Tojikiston va Qirg‘izistonga, shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekistonga ham kelishi kutilmoqda.
Terrorizm xavfi kuchli mamlakatga tashrif
27 yanvar kuni Rossiya Federasiyasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalov Dushanbedagi xizmat safari chog‘ida Vladimir Putinning Tojikistonga tashrif buyurishi haqida ma’lum qilgandi. Keyinroq, Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu ma’lumotni tasdiqladi va tashrif davomida Vladimir Putinning Qirg‘izistonga ham kelishi rejalashtirilganligini qo‘shimcha qildi.
Igor Shuvalovning Dushanbega tashrifi chog‘ida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha tojik-rus hukumatlararo komissiyasida qatnashdi. Tojikiston rahbari Imomali Rahmon bilan uchrashuv chog‘ida migrasiya masalasida ham muhokamalar o‘tkazildi. Vladimir Putinning Tojikistonga tashrifi davomida bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. So‘nggi 2 yilda tojik-rus tovar almashinuvi hajmi qisqargan. 2016 yilda o‘zaro tovar almashish hajmi 1 milliard dollardan ortiqni tashkil qilgan, shu bilan birga Rossiya Tojikistonning eng yirik hamkori bo‘lib qolmoqda.
Ekspertlarning fikrlariga ko‘ra, ayni vaqtda Moskva va Dushanbe o‘rtasida siyosiy muammolar bo‘lsa-da, ularni davlat rahbarlari miqyosida muhokama qilishga zarurat yo‘q. Shu bilan birga Tojikiston O‘rta Osiyodagi terrorchilik xavfi yuqori bo‘lgan davlat hisoblanadi.
Almazbek Atambaev bilan xayrlashuv
Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambaev kuz faslida yurak hurujini boshidan kechirdi va shu sabab prezidentlik lavozimini tark etish istagida. “Vaqt juda tez o‘tmoqda. Bir yildan so‘ng men ishimni tark etaman, 2-3 yildan keyin esa qilgan ishlarim natijasi ko‘rinadi”, deydi Atambaev. Moskva uchun ham Qirg‘izistonning siyosiy kelajagi muhim hisoblanadi. Qirg‘iziston Evrosiyo iqtisodiy kengashi a’zosi sifatida Rossiyaning shu hududdagi ikkinchi yirik hamkori hisoblanadi.
Olma-otaga tashrif
Qozog‘iston va Rossiya rahbarlari – Nursulton Nazarboyev va Vladimir Putin tez-tez uchrashishadi. Oxirgi yilda ikki mamlakat rahbarlari 6 marta uchrashgan bo‘lsa, 8 karra telefon orqali muloqot qilishgan. Avvalroq, Nursulton Nazarboyev Vladimir Putinni qishki Universiada o‘yinlari ochilishiga taklif etgandi. Universiada o‘yinlari 28 yanvarda boshlandi va 8 fevralgacha davom etadi. Vladimir Putin musobaqaning yopilish marosimiga etib kelishi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”