Migratsiya muammosi hal bo‘ldi: o‘zbekistonlik talabalar jazodan qutuldi

Migratsiya muammosi hal bo‘ldi: o‘zbekistonlik talabalar jazodan qutuldi
Qisqacha

Rossiyada tahsil olayotgan 31 nafar o'zbekistonlik talabaga nisbatan qo'llangan ma'muriy jazo bekor qilindi. Ular “Iqtisod oliy maktabi” milliy tadqiqot universitetida (NIU VSHE) o'qiyotgan bo'lib, universitet ma'muriyati migratsiya hisobini uzaytirish qoidalari haqida o'z vaqtida ma'lumot bermagani sababli ruxsat etilgan 90 kundan ortiq qolib ketgan.

Ombudsmanlar hamkorligi natijasida Rossiyada tahsil olayotgan 31 nafar o‘zbekistonlik talabaga nisbatan qo‘llangan ma’muriy jazo bekor qilindi. Bu haqda Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida Rossiyadagi “Iqtisod oliy maktabi” milliy tadqiqot universitetida (NIU VSHE) o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar murojaati ko‘rib chiqilgan. Talabalar migratsiya hisobiga turish bilan bog‘liq muammoga duch kelganini bildirgan.

Aniqlanishicha, universitet ma’muriyati tomonidan chet ellik talabalarning migratsiya hisobini uzaytirish qoidalari haqida vakolatli organlarga o‘z vaqtida ma’lumot berilmagan. Natijada talabalar Rossiya hududida ruxsat etilgan 90 kundan ortiq muddat qolib ketgan, bu esa migratsiya qoidalarini buzish sifatida baholangan. Talabalarga 40 ming rubl miqdorida jarima solish talabi qo‘yilgan.

Mazkur holat Rossiya inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan nazoratga olinib, Ichki ishlar vazirligining Migratsiya xizmati bilan hamkorlikda tekshiruv o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida chet ellik talabalarning vaqtincha turish muddati uzaytirildi hamda ularga nisbatan jarima yoki ma’muriy chiqarib yuborish choralarini qo‘llamaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, ushbu ish ortidan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Moldova va Belarusdan kelib ta’lim olayotgan 200 dan ortiq talabaning muammosi ham ijobiy hal etilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar