Bosh qo‘mondonning qaroriga ko‘ra Rossiya armiyasi Havo-kosmik kuchlarida (HKK) tekshirish ishlari boshlandi, deb ma’lum qiladi armiya generali Rossiya Federasiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu. U bergan ma’lumotlarga ko‘ra, harbiy boshqarma organlari, qo‘shilmalar va harbiy qismlarda yuqori darajadagi jangovar tayyorgarlik holati tadbirlarini amalga oshirishga kirishildi.
“Tekshirish davomida jangovar navbatchilik, havo mudofaasi tizimlari holatiga alohida e’tibor qaratilib, aviasiya guruhlarining havo hujumlarini qaytarishga tayyorgarlik holati tekshiriladi. Tekshiriluvchi barcha harbiy qismlar, bo‘linmalarda taktik o‘quv va nazorat mashg‘ulotlari o‘tkaziladi”, deydi Shoygu.
Shuningdek, u qurol va o‘q-dorilar tekshiruvi bo‘yicha davlat mulkiga ziyon etkazilishini oldini olish hamda atrof-muhitga zarar etkazmaslik maqsadida xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha buyruq berdi.
Bosh qo‘mondon tomonidan qo‘yilgan talablarni bajarish uchun HKK bosh shtabida nazorat guruhlari tuzilishi rejalashtirildi.
Bundan tashqari, Shoygu o‘z muovinlari va harbiy boshqarma markaziy organlari rahbarlariga qo‘l ostidagilarning ishini tashkillashtirib, to‘satdan olib boriladigan tekshirish ishlari doirasida topshiriqlarning bajarilishi holatini nazorat qilishni buyurdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”