13:11 / 09.02.2017
8 535

Moskvadagi o‘zbeklar Navoiy haykali poyiga gul qo‘yadi

Moskvadagi o‘zbeklar Navoiy haykali poyiga gul qo‘yadi

Bugun, 9 fevral sanasida ulug‘ shoir va mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi joylarda keng nishonlanmoqda. Shoir nomi berilgan ko‘cha, xiyobon, kutubxona va bir qancha turli joylarda tadbirlar uyushtirilib, Navoiy tavalludi ayyomi arafasida uning ruhiga hurmat bajo keltirish katta an’ana aylangan.

Shunday tadbirlardan biri bugun, 9 fevral kuni “Butun Rossiya o‘zbeklari, o‘zbekistonliklar Kongressi” tashkilotchiligida Moskva shahridagi Serpuxovskaya maydonida mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da boshlanishi kutilmoqda, deb yozadi "Qalampir". Dastlab, yig‘ilganlar Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimini o‘tkazib, so‘ngra shoir ijodi va hayoti to‘g‘risida suhbatlashishlari rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda poytaxtimiz Toshkent shahridagi Kamoliddin Behzod memorial bog‘-muzeyida Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligiga bag‘ishlangan “So‘z mulki sultonlari” nomli badiiy ko‘rgazma tashkil etilgan bo‘lib, namoyish 22 fevralga qadar davom etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvadagi o‘zbeklar Navoiy haykali poyiga gul qo‘yadi