Uchinchi muddatga qayta saylangan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan 828 mahbusni afv etdi. Bu haqda "Kun" nashri yozmoqda.
Prezident afv etish haqidagi farmonni hukumat va Davlat xavfsizlik kengashining prezidentlik saylovlariga bag‘ishlangan qo‘shma majlisida imzoladi. Turkmanistonda davlat bayrog‘i kuni 19 fevralda nishonlanadi.
Farmon afv etilgan odamlarni asosiy hamda qo‘shimcha jazodan ularga ma’lum hududda yashash majburiyatini yuklash bilan ozod etadi.
Prezident huquq-tartibot muassasalari rahbarlariga afv etilganlar bayramni o‘z yaqinlari davrasida o‘tkazishlari uchun ularning o‘z vaqtida uylariga etib borishlarini ta’minlashga ko‘rsatma berdi. Turkmaniston prezidenti shuningdek mahalliy hokimiyat organlariga afv etilganlarga ish topishda ko‘mak ko‘rsatishni topshirdi.
Turkmanistonda afv etish aksiyalari davlat bayramlari munosabati bilan bir yilda bir necha marotaba o‘tkaziladi. Bundan avvalgi amnistiya o‘tgan yil dekabrida Betaraflik kuni munosabati bilan o‘tkazilgan va unga ko‘ra 561 nafar mahbus ozodlikka chiqarilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»