Shu yilning iyulida Dubayda avtopilot bilan jihozlangan va odam tomonidan boshqarilishni talab qilmaydigan birinchi uchar taksilar ishlay boshlaydi. Bu haqda Jahon hukumat sammitida amirlikning yo‘l va transportlar boshqarmasi boshlig‘i Mattar al-Tayer ma’lum qildi, deb yozadi Daryo.
Bir o‘rinli uchivchisiz uchar qurilma Xitoyning EHang kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Qurilma 250 kg tosh bosadi, u og‘irligi 100 kilogrammgacha bo‘lgan yuklarni tashiy oladi. U 106 kilovattlik sakkizta elektr motorlar bilan ta’minlangan, ular 14,4 kilovatt-soat sig‘imli batareyalar komplektidan quvvat oladi.
Zaryad 50 kilometrlik parvoz yoki 23 daqiqaga etadi. O‘rtacha tezlik soatiga 100 km, maksimal tezlik esa — soatiga 160 km. Uchuvchisiz uchar qurilmani zaryadlashga 2—4 soat vaqt ketadi.
Qurilma saloniga sensorli ekran o‘rnatilgan, uning yordamida istalgan yakuniy nuqta ko‘rsatiladi. U faqat oldindan belgilangan yo‘nalish bo‘yicha ucha oladi. Uchuvchisiz qurilmalarning faoliyati kecha-yu kunduz maxsus tuzilgan boshqaruv markazi tomonidan kuzatiladi va nazorat qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»