date

Eng boy rossiyalik tadbirkorlarning boyligi 2025 yilda qariyb 32,8 milliard dollarga oshdi

Eng boy rossiyalik tadbirkorlarning boyligi 2025 yilda qariyb 32,8 milliard dollarga oshdi

Bloomberg Billionaires Index reytingiga ko‘ra, Rossiyaning eng boy tadbirkorlari 2025 yilda 32,75 milliard dollar ishlab topgan.

Alisher Usmonovning boyligi eng ko‘p - 6,04 milliard dollarga oshdi. 2026 yil yanvar holatiga ko‘ra, uning boyligi 19,3 milliard dollarni tashkil etadi.

Usmonovdan keyingi o‘rinlarni Ural kon-metallurgiya kompaniyasi asoschisi Iskander Mahmudov va Telegram asoschisi Pavel Durov egallagan. Mahmudov o‘z boyligini 4,75 mlrd dollarga oshirib, 7,88 mlrd dollarga yetkazdi. Durov 2025 yilda 3,38 milliard dollar ishlab topgan, hozir uning boyligi 14,4 milliard dollarni tashkil etadi.

Bloomberg milliarderlar reytingiga jami 20 nafar rossiyalik kiritilgan. Ro‘yxatga, shuningdek, biznesmen Sulaymon Kerimov, Kontinental xokkey ligasi direktorlar kengashi raisi Gennadiy Timchenko, "Renova" kompaniyalar guruhi direktorlar kengashi raisi Viktor Vekselberg, "Severstal"ning asosiy egasi Aleksey Mordashov, "Oneksim" guruhi egasi Mixail Proxorov, "NOVATEK" kompaniyasi hammuassisi Leonid Mixelson va Millhouse investitsiya kompaniyasi asoschisi Roman Abramovich kiritilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eng boy rossiyalik tadbirkorlarning boyligi 2025 yilda qariyb 32,8 milliard dollarga oshdi