06:27 / 18.02.2017
9 431

Dubay endi hammadan 10 qadam oldinda!

Dubay endi hammadan 10 qadam oldinda!

Dubay valiahdi Shayx Hamdon bin Muhammad DubaiX loyihasini tezlashtirishga kirishdi. Loyiha Dubayning boshqa maskanlardan o‘n yil oldinda yurishini ko‘zda tutadi. Bu haqda "LovinDubai"ga tayanib "Kun.uz" xabar berdi.

"Shayx Muhammad faqatgina birinchi raqamli bo‘lish bilan kifoyalanmaydi, biz o‘n yil oldinda bo‘lishni istaymiz", - deya xabar berildi Dubay matbuot xizmatida.

Barcha davlat sub’ektlari 3 oy ichida tashabbuslar va takliflar rejasini ishlab chiqishlari talab qilinadi.

Bu tashabbus bir necha kun avval bo‘lib o‘tgan Butunjahon sammitida ilgari surilgan. Unda valiahd shahzoda DubaiX loyihasini muhokama qilish uchun Dubay hukumati rahbarlari bilan uchrashgan.

"Bugun men barcha hukumat etakchilari va xodimlarini asta-sekinlik bilan kichik o‘zgarishlar qilishga emas, balki o‘z missiyalarini bajarishda yangicha, ijodiy yondashuvlar va texnologiyalarni qamrab olishga chaqiraman. Biz ilg‘or innovasiyalar va texnologiyalar sohasida oldinda bo‘lishni istovchi yosh va g‘ayratli hukumatmiz", - dedi Dubay valiahdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubay endi hammadan 10 qadam oldinda!