09:32 / 17.05.2015
7 249

Barak Obama 2014 yildagi daromadlari bo‘yicha hisobot berdi

Barak Obama 2014 yildagi daromadlari bo‘yicha hisobot berdi

AQSh prezidenti Baraka Obama va uning oilasining moliyaviy ahvoli 1,9 mln dollardan 6,9 mln dollargacha baholanmoqda. Bu haqda Oq uy tomonidan taqdim etiladigan har yilgi hisobotda aytilgan, deb yozadi Kun.uz.

15 may kuni Oq uy 2014 yil yakunlariga ko‘ra 9 sahifalik moliyaviy hisobotni chop etdi.
Obama va uning oilasi hisobotda o‘zlarining hisob-kitoblari va baholashlariga ko‘ra, taxminiy moliyaviy ahvolini ma’lum qildi.

AQSh prezidenti boyligining katta qismi – 1 milliondan 5 mln dollargachasi AQSh Moliya vazirligining qarzdorlik qog‘ozlariga kiritilgan. Yana 250 mingdan 500 ming dollargacha mablag‘ boshqa to‘lash muddati ko‘rsatilgan qarzdorlik qog‘ozlariga kiritilgan.

Prezident oilasining JPMorgan bankidagi joriy hisob raqamida 50 ming dollardan 100 ming dollargacha, Northern Trust bankidagi hisob raqamida esa 15 ming dollargacha mablag‘ bor. Shuningdek, Mishel va Barak Obamaning Vanguard pensiya jamg‘armasida ham 100 mingdan 250 ming dollargacha mablag‘i saqlanmoqda.

Barak va Mishel Obamaning 2014 yildagi daromadlari 477 ming 383 dollarni tashkil qildi, bu qiymat ularning o‘tgan yildagi daromadlaridan 3715 dollar kamroq hisoblanadi. Prezident va birinchi xonim o‘z daromadlaridan federal soliqlar tarzida 93 ming dollar to‘lashgan.

Ma’lumot uchun, AQSh prezidenti yiliga 400 ming dollar atrofida maosh oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Barak Obama 2014 yildagi daromadlari bo‘yicha hisobot berdi