“Oreshnik” zarbasi G‘arbga jiddiy ogohlantirish bo‘ldimi?

Lvov viloyatida joylashgan obyektlarga “Oreshnik” raketasi orqali berilgan zarba G‘arb davlatlari uchun ochiq va aniq signal sifatida baholanmoqda. Bu haqda The National Interest nashrida so‘z boradi.
Maqolada ta’kidlanishicha, ushbu zarba NATO uchun o‘ziga xos sinov vazifasini o‘tagan. Nashr mualliflariga ko‘ra, Rossiya G‘arb mamlakatlarining havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan ushlab qolib bo‘lmaydigan, yadroviy kallak bilan jihozlangan raketalarni ishga solish imkoniyatiga ega ekanini namoyish etgan.
Mutaxassislar bu holatni Moskva tomonidan G‘arbga yo‘llangan strategik ogohlantirish sifatida baholamoqda. Bunday harakat Rossiyaning harbiy salohiyati va mavjud mudofaa tizimlarini chetlab o‘tish imkoniyatlarini yana bir bor ko‘rsatib bergani ta’kidlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!