date

Suriyada kurd tili tarixda ilk bor davlat tili

Suriyada kurd tili tarixda ilk bor davlat tili

Suriya Prezidenti Ahmad al-Shara’a kurd xalqining huquq va manfaatlarini kafolatlashga qaratilgan muhim farmonni imzoladi. Ushbu hujjatga muvofiq, kurdlar Suriya jamiyatining ajralmas qismi sifatida e’tirof etildi hamda kurd tili mamlakat tarixida birinchi marta davlat tili maqomini oldi.

AFP agentligining xabar berishicha, farmonga asosan kurd tili kurd aholisi salmoqli ulushni tashkil etgan hududlardagi ta’lim muassasalarida o‘qitiladi.

Shuningdek, 1962 yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish jarayonida fuqarolikdan mahrum etilgan kurdlarga o‘z fuqaroligini qayta tiklash imkoniyati berildi. Bu qaror yillar davomida hal etilmay kelgan muhim masalalardan biri edi.

Yana bir yangilik sifatida, 21 mart kuni nishonlanadigan kurd xalq bayrami — Navro‘z rasmiy davlat bayrami sifatida tan olindi.

Prezident Ahmad al-Shara’a televideniye orqali qilgan murojaatida kurd xalqini mamlakat kelajagini barpo etish jarayonida faol ishtirok etishga chaqirdi.

«Men kurd birodarlarimizni ushbu millatni qurishda faol ishtirok etishga chorlayman», — dedi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Suriyada kurd tili tarixda ilk bor davlat tili