date

NATO: Yevropa AQSHni himoya qilishga tayyor

NATO: Yevropa AQSHni himoya qilishga tayyor

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Yevropa davlatlari Qo‘shma Shtatlarni himoya qilishga to‘liq tayyor ekanini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, agar AQSHga hujum qilinsa, alyansga a’zo barcha davlatlar ittifoqchilik majburiyatiga sodiq qoladi.

Mark Ryutte bu fikrlarni AQSH prezidenti Donald Tramp bilan Davosda o‘tgan Jahon iqtisodiy forumi doirasidagi uchrashuv chog‘ida bildirdi. U Trampning “AQSH hujumga uchragan taqdirda ittifoqchilar yordamga keladimi?” degan shubhalariga javob qaytardi.

“Siz NATO davlatlari Qo‘shma Shtatlarga yordam berish-bermasligi borasida shubha bildirgan edingiz. Men ishonch bilan ayta olaman — ular yordamga keladi. Bunga Afg‘onistondagi misol yaqqol dalil. O‘shanda amerikalik har ikki halok bo‘lgan harbiyga NATOning boshqa davlatidan bir askar to‘g‘ri kelgan”, — dedi alyans bosh kotibi.

Shuningdek, Ryutte Donald Tramp prezidentligi davrida NATO har qachongidan ham kuchayganini, ittifoq doirasidagi hamkorlik va harbiy salohiyat yanada oshganini alohida ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » NATO: Yevropa AQSHni himoya qilishga tayyor