
AQSh prezidenti Donald Tramp Konservativ siyosiy harakatlar anjumanida ishtirok etib, AQSh ma’muriyati mamlakat qurolli kuchlari uchun "juda katta byudjet" so‘ramoqchi ekanligini aytdi.
"Biz qurolli kuchlarimiz uchun katta byudjetni so‘ramoqchimiz", deb aytgan Tramp.
Tramp bunda gap qaysi davr haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
Avvalroq AQSh kongressining byudjet bo‘yicha boshqarmasi AQSh byudjeti defisitining 28 mlrd dollarga, ya’ni 599 mlrd dollargacha kamayishini prognoz qilgani ma’lum qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar