date

Yaponiya pandalarsiz qolmoqda: Ueno bog‘ida xayrlashuv

Yaponiya pandalarsiz qolmoqda: Ueno bog‘ida xayrlashuv

Tokio shahridagi Ueno hayvonot bog‘i so‘nggi kunlarda ayniqsa gavjum. Minglab odamlar Yaponiyada qolgan oxirgi pandalar — Syao-Syao va Ley-Ley bilan xayrlashish uchun bog‘ga tashrif buyurmoqda. Ma’lum qilinishicha, egizak pandalar 27 yanvar kuni o‘z vatani — Xitoyga qaytariladi.

Pandalarni yaqindan ko‘rish imkoniyati cheklangani sabab, hayvonot bog‘ida maxsus lotereya tizimi joriy etilgan. Shunga qaramay, oxirgi kunlarda kuniga 4,8 ming nafargacha tashrif buyuruvchi pandalarni tomosha qilishga muvaffaq bo‘lgan. Ayrim mehmonlar esa pandalarni ko‘ra olmasada, xayrlashuv muhitini his qilish uchungina bog‘ga kelganini aytishmoqda.

Syao-Syao va Ley-Ley 2021 yilda dunyoga kelgan bo‘lib, ular Ueno hayvonot bog‘ida tug‘ilgan ilk panda egizaklari sifatida tarixga kirgan. Ularning ketishi bilan Yaponiya 1972 yildan beri ilk bor o‘z hayvonot bog‘larida umuman pandalarsiz qoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya pandalarsiz qolmoqda: Ueno bog‘ida xayrlashuv