date

AQShda qor bo‘roni bir milliondan ortiq xonadonni elektrsiz qoldirdi

AQShda qor bo‘roni bir milliondan ortiq xonadonni elektrsiz qoldirdi

AQShning janubi-sharqiy hududlarida kuzatilgan qor bo‘roni elektr ta’minotida yirik uzilishlarga sabab bo‘ldi. Oqibatda bir milliondan ortiq iste’molchi elektr energiyasisiz qoldi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

PowerOutage monitoring xizmati ma’lumotiga ko‘ra, nosozliklar 1,07 million xonadonda qayd etilgan. Eng og‘ir vaziyat Tennessi shtatida: bu yerda 340 mingdan ziyod abonentda elektr o‘chgan. Shuningdek, Missisipi, Luiziana, Jorjiya, Texas va Kentukki shtatlarida ham sezilarli uzilishlar kuzatilgan.

Avvalroq Afg‘onistonda ham O‘zbekistondan import qilinadigan elektr energiyasi yetkazib berilishida muammolar yuzaga kelgani xabar qilingandi. Kuchli qor va shamol Puli-Xumri – Kobul yo‘nalishidagi elektr uzatish tarmoqlariga zarar yetkazib, importning bir qismi vaqtincha to‘xtatilgan. Natijada bir nechta viloyatlarda ommaviy elektr uzilishlari ro‘y bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQShda qor bo‘roni bir milliondan ortiq xonadonni elektrsiz qoldirdi