6 183
Qirg‘iziston sobiq prezidenti muxolifat etakchisining qo‘lga olinishini quvg‘in deb atadi
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Roza Otunboyeva parlamentdagi muxolif “Ata Meken” partiyasi etakchisi Omurbek Tekebaevning qo‘lga olinishini siyosiy quvg‘in, deb atadi hamda uni darhol ozod etishga chaqirdi. Qirg‘iziston OAVlari dushanba kuni uning bayonoti haqida xabar berishdi, deb yozadi Kun nashri.
Tekebaev Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining vaqtinchalik saqlash izolyatorida o‘ziga nisbatan sudning ehtiyot chorasi ko‘rish haqidagi qarorini kutmoqda. U Bishkek aeroportida Venadan EHXT parlament assambleyasidan qaytayotgan chog‘ida yakshanba kuni qo‘lga olindi. Avvalroq respublika bosh prokuraturasi Tekebaev va bir qator boshqa shaxslarga nisbatan “korrupsiya” va “firibgarlik” moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bu holat rossiyalik tadbirkor Leonid Maevskiyning arizasidan so‘ng amalga oshdi. Mahkama ma’lumotlariga ko‘ra, u Tekebaev 2010 yilda, Qirg‘iziston vaqtinchalik hukumati raisi o‘rinbosari bo‘lgan paytda undan million dollarni yirik mahalliy uyali operator - “Alfa Telekom”ni boshqarish imkonini taqdim etish maqsadida olganini iddao qilmoqda. Maevskiy ishtirok etgan so‘roq videosi internetda tarqaldi.
"Jo‘gori Kenesh deputati, davlat arbobi, “Ata Meken” fraksiyasi etakchisi Tekebaevning samolyot trapi yonida xuddi xavfli terrorchi kabi qo‘pol ravishda qo‘lga olinishi, mamlakatdagi hukumatning ortga qaytarib bo‘lmas o‘zgarishidan dalolat berdi. Siyosiy quvg‘in nafaqat hibsga olishning o‘zi, balki shaxsni obro‘sizlantirish bo‘yicha targ‘ibot mashinasining qanday ishlayotgani hamdir. Ishonchsiz guvohlarning ko‘rsatmalari davlat OAVlari orqali keng omma ongiga singdirilmoqda. Bu aybsizlik prezumpsiyasini butunlay mensimaslik”, - deya ta’kidlanadi 2010 yilda sobiq prezident Qurmonbek Bakiev hokimiyat tepasidan ag‘darilganidan so‘ng Qirg‘iziston vaqtinchalik hukumatini boshqargan Otunboyeva bayonotida.
Otunboyevaning fikricha, Tekebaev Qirg‘izistonning demokratik rivojlanishiga “bebaho hissa qo‘shgan bo‘lib”, 20 yil davomida “hayotini xavf ostiga qo‘yib boshqaruvning oilaviy-guruh shakliga qarshi kurashgan”. “Jamoatchilik Omurbek Tekebaevni darhol ozod etilishi hamda siyosiy ta’qiblarni to‘xtatishni haqli ravishda talab qilmoqda”, - deya ma’lum qildi u.
Sobiq prezident prezidentlik saylovlaridan avval barcha siyosiy kuchlarni “fuqarolik majburiyati, hushyorlik va vazminlikni” namoyish etishga, hukumatni esa – aql va javobgarlikka chaqirdi. “Barcha siyosiy kuchlarga umumiy muloqot, mamlakatdagi vaziyatni tahlil qilish uchun keng qamrovli siyosiy maslahatlashuvlarni boshlash bilan murojaat qilmoqdaman”, - dedi Otunboyeva.
RIA Novosti’ning "Ata-Meken" partiyasiga asosan xabar berishicha, Qirg‘iziston parlamentida ayni damda muxolifat etakchisi qo‘lga olinishi yuzasidan palataning navbatdan tashqari yig‘ilishini chaqirish haqidagi fraksiya taklifi muhokama qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»