date

Nipah xavfi sabab Qirg‘izistonda veterinariya cheklovi kuchaydi

Nipah xavfi sabab Qirg‘izistonda veterinariya cheklovi kuchaydi

Qirg‘iziston 28 yanvardan boshlab Hindistondan Nipah virusiga moyil bo‘lgan hayvonlar hamda hayvon mahsulotlarini olib kirishni vaqtincha taqiqladi. Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, cheklovlar Hindiston hududida Nipah virusi qayd etilgani bilan bog‘liq bo‘lib, qaror veterinariya-sanitariya xavfsizligini mustahkamlash maqsadida qabul qilingan.

Mutasaddilar Nipah virusini o‘ta xavfli yuqumli kasallik sifatida baholamoqda. U, asosan, hayvonlar orqali insonlarga yuqishi mumkinligi, og‘ir klinik asoratlar keltirib chiqarish ehtimoli yuqoriligi bilan izohlanadi. Shu sababli, ehtimoliy tarqalishning oldini olish uchun importga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov choralari joriy etilmoqda.

Qirg‘iziston veterinariya xizmati fuqarolarga kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan chorvachilik mahsulotlarini xarid qilmaslikni tavsiya qildi. Bozor va savdo nuqtalaridan olinadigan mahsulotlarda tegishli veterinariya hujjatlari bor-yo‘qligiga alohida e’tibor qaratish so‘ralgan. Ma’lum qilinishicha, epizootik vaziyat Veterinariya, chorvachilikni rivojlantirish, yaylov va ozuqa xizmati tomonidan doimiy nazoratga olingan va zarurat tug‘ilsa qo‘shimcha cheklovlar ham joriy etilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Nipah xavfi sabab Qirg‘izistonda veterinariya cheklovi kuchaydi