12:16 / 02.03.2017
16 020

Xitoylik ayol o‘g‘il tuqqandan keyin 6 kun o‘tgach, egizak qizlarni dunyoga keltirdi

Xitoylik ayol o‘g‘il tuqqandan keyin 6 kun o‘tgach, egizak qizlarni dunyoga keltirdi

Xitoyning Xebey viloyati Ichan shahrida yashovchi ayol o‘g‘il tuqqandan keyin olti kun o‘tgach, egizak qizlarni dunyoga keltirdi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

Ayol 2012 yilda turmush qurganiga qaramay, farzandi bo‘lmagan, 2016 yilning avgust oyida Uxan shahridagi kasalxonalardan birida davolanib, uchta bolaga homilador bo‘ldi.

U 21 fevral kuni vazni 1,44 kilogramm bo‘lgan o‘g‘il farzandli bo‘ldi va shu bilan to‘lg‘og‘i to‘xtadi. Ayolning davolovchi akusheri homiladorlikni davom ettirish kerak, degan qarorga keldi. Ayol o‘tgan dushanba, 27 fevral kuni egizak qizaloqlarni dunyoga keltirdi.

“Befarzand yurgan paytlarim juda ham bola ko‘rishni orzu qilgandim. Mana endi 3 nafar farzandim bor, ba’zida ularni yupata olmay, shoshib qolyapman”, dedi ayol.

Ayni paytda chaqaloqlar tug‘ruqxonaning jonlantirish bo‘limida saqlanmoqda. Ayolni davolagan akusherning aytishicha, bunday hodisaga u 20 yillik ish tajribasi davomida ilk marotaba duch kelgan. Uning aytishicha, ayolning o‘g‘il farzandi alohida parda, egizak qizlar esa bitta parda ichida bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik ayol o‘g‘il tuqqandan keyin 6 kun o‘tgach, egizak qizlarni dunyoga keltirdi