date

Shimoliy Koreyada “Kalmar o‘yini”ni ko‘rgan o‘smirlar qatl etilgani aytilmoqda

Shimoliy Koreyada “Kalmar o‘yini”ni ko‘rgan o‘smirlar qatl etilgani aytilmoqda

Shimoliy Koreyada Janubiy Koreya seriallari va musiqalarini tomosha qilish yoki tarqatish og‘ir jazolar bilan jazolanayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. The Sun nashri manbalarga tayanib, bunday holatlarda qatl, mehnat lagerlariga yuborish hamda omma oldida tahqirlash kabi choralar qo‘llanilayotganini yozdi.

Mamlakatdan chiqib ketgan shimoliy koreyaliklar Amnesty International tashkilotiga bergan ma’lumotlarda, jazodan qutulishning deyarli yagona yo‘li katta miqdorda pora berish ekanini aytgan. Ayrimlar “qayta tarbiyalash lageri”ga tushmaslik uchun uy-joyini sotishga majbur bo‘layotgani ham ta’kidlangan.

Qayd etilishicha, jazolar faqat kattalarga emas, o‘smirlarga ham tatbiq etiladi. Qochqinlarning so‘zlariga ko‘ra, bir guruh maktab o‘quvchilari “Kalmar o‘yini” serialini tomosha qilgani uchun omma oldida qatl etilgan.

Guvohlar yana shuni bildiradiki, ayrim huquq-tartibot xodimlari o‘zlari ham taqiqlangan kontentni yashirincha ko‘radi. “Mafkuraviy tarbiya” doirasida esa o‘quvchilar ommaviy jazolarni ko‘rishga olib boriladi.

Amnesty International suhbatdoshlari so‘zlariga ko‘ra, xavf-xatarlarga qaramay, xorijiy kontent Shimoliy Koreyada baribir keng tarqalgan. U asosan Xitoy orqali yashirin yo‘llar bilan olib kiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreyada “Kalmar o‘yini”ni ko‘rgan o‘smirlar qatl etilgani aytilmoqda