Filippo Makronni dunyoda "eng nafratlangan rahbar" deb atadi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron jamoatchilik orasidagi juda past qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatkichlari ortidan dunyodagi eng ko‘p nafratga uchrayotgan davlat rahbarlaridan biri sifatida tilga olindi.
Bu haqda Fransiyadagi «Vatanparvarlar» partiyasi rahbari Florian Filippo X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar davlat rahbarining ommaviy qo‘llab-quvvatlanish reytingi atigi 11 foizni tashkil etsa va u dunyodagi eng nafratlangan lider sifatida baholansa, bunday shaxs yangi tashabbuslar bilan chiqishga haqli emas.
«Sizning reytingingiz 11 foiz bo‘lsa va dunyoda eng nafratlangan davlat rahbariga aylangan bo‘lsangiz, navbatdagi tashabbuslarni e’lon qilishga haqingiz yo‘q», — deya ta’kidladi Filippo.
Ushbu tanqidlar Makronning yoshlar o‘rtasida videoo‘yinlarning jismoniy hamda ruhiy salomatlikka ta’sirini mutaxassislar darajasida muhokama qilish tashabbusi bilan bog‘liq.
Shuningdek, Filippo Fransiya prezidentining so‘nggi g‘oya va takliflarini «erkinliklarni cheklashga qaratilgan aqldan ozish» sifatida baholadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!