Jalolobodda 70 yoshli otaxon nabirasini zo‘rlashda gumonlandi

Jalolobodda 70 yoshli otaxon nabirasini zo‘rlashda gumonlandi
Qisqacha

9 fevral kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Bozor-Qo‘rg‘on tumanida 70 yoshli erkak 14 yoshli nabirasini zo‘rlashda gumonlanib qo‘lga olindi. Voyaga yetmagan qizning homilador ekani aniqlangan. Gumonlanuvchi ikki oy muddatga tergov hibsxonasiga joylashtirildi, holat yuzasidan ekspertizalar tayinlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bugun, 9 fevral kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatiga qarashli Bozor-Qo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi 70 yoshli erkak 14 yoshli nabirasini zo‘rlashda gumon qilinib, qo‘lga olindi.

Bu haqda Qalampir.uz nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voyaga yetmagan qiz hozirda homilador holatda ekani aniqlangan. Qizaloqning yaqin qarindoshlari ushbu holatdan xabardor bo‘lishi bilan darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tegishli sud-tibbiy va boshqa ekspertizalar tayinlangan. Gumonlanuvchi shaxs ikki oy muddatga tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

Ayni paytda voqea bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar