Ijtimoiy tarmoqlar “vaboga” aylanmoqda — Chexiya rasmiylari ogohlantirmoqda

Chexiya hukumati 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlashni ko‘rib chiqmoqda. Bosh vazir Andrey Babish bu tashabbusni Fransiya tajribasidan ilhomlangan holda qo‘llab-quvvatlaganini Facebook orqali e’lon qilgan videomurojaatida aytib o‘tdi.
"Men bunday taqiq tarafdoriman. Chunki mutaxassislar ijtimoiy tarmoqlarning bolalarga salbiy ta’sirini ta’kidlamoqda. Biz esa ularni himoya qilishimiz kerak", — dedi Babish.
Bosh vazir o‘rinbosari Karel Gavlichekning so‘zlariga ko‘ra, hukumat mutaxassislar bilan maslahatlashib, bu yil ichida rasmiy taklif tayyorlashni rejalashtirmoqda. "Ijtimoiy tarmoqlar bolalar hayotini barbod qilmoqda. Bu holat endi vabo darajasiga chiqmoqda", — dedi u CNN Prima Newsga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Fransiya milliy majlisi shunga o‘xshash qonunni birinchi o‘qishda qabul qilgan edi. Shuningdek, Avstraliyada 2025 yildan boshlab 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlangan. Ispaniyada ham shu yil boshida shunga o‘xshash reja e’lon qilindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!