date

Rashk sabab rafiqasiga six bilan hujum qildi

Rashk sabab rafiqasiga six bilan hujum qildi

Boshqirdistonda yashovchi fuqaro rashk tufayli mast holda yuzaga kelgan janjal paytida turmush o‘rtog‘iga six bilan tajovuz qildi. Bu haqda Karmaskali tumanlararo sudi xabar berdi.

Sud hujjatlarida qayd etilishicha, erkak spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda rafiqasi bilan tortishib qolgan. Janjal jarayonida rashk ta’sirida u kabob tayyorlashda qo‘llaniladigan sixni qo‘liga olib, ayolning ko‘krak qismiga zarba bergan.

Hodisadan keyin gumonlanuvchi voqea joyidan qochib ketgan. Jabrlanuvchi esa o‘z vaqtida tibbiy yordam olgani tufayli uning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lingan.

Sud majlisi davomida ayblanuvchi o‘z aybini to‘liq tan olmagan va faqat turmush o‘rtog‘ini “qo‘rqitmoqchi bo‘lganini” bildirgan.

Karmaskali tumanlararo sudi uning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo muddatini ham inobatga olgan holda, erkakni 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish va jazoni maxsus tartibli koloniyada o‘tash haqida hukm chiqardi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rashk sabab rafiqasiga six bilan hujum qildi