Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

13 fevralga o‘tar kechasi Afg‘oniston hududida yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mahalliy vaqt bilan soat 03:12 da sodir bo‘lgan zilzila to‘lqinlari O‘zbekistonning bir qator hududlarida ham sezilgan. Xususan, Surxondaryo viloyatida yer silkinishi 2–3 ball, Qashqadaryo viloyatida esa 2 ball darajada qayd etilgan.
Qayd etilishicha, zilzilaning epitsentri Afg‘onistonning Vardak viloyati hududiga to‘g‘ri kelgan. Yer silkinishining magnitudasi 5,5 ni tashkil etgan bo‘lib, o‘choq chuqurligi 100 kilometr ekani ma’lum qilindi.






























Izohlar 0
…