date

Shanxayda yer taxminan 10–20 metr o‘pirildi

Shanxayda yer taxminan 10–20 metr o‘pirildi

Xitoyning Shanxay shahrida kutilmagan va xavotirli hodisa kuzatildi: kengligi taxminan 10–20 metr bo‘lgan yer o‘pirlishi bir necha soniya ichida ro‘y berdi. Yer osti “ochilib” ketgan chuqurlikka yo‘l qismi, qurilish materiallari hamda vaqtinchalik inshootlar qulagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q. Haydovchilar va piyodalar xavfli hududdan o‘z vaqtida chetga chiqib ketishga ulgurgan. Qurilish maydonchasida ishlayotgan ishchilar esa tezkor tarzda evakuatsiya qilingan.

Mutaxassislarning ilk taxminlariga ko‘ra, bu holatga metro qurilishi ishlari hamda bir kun avval aniqlangan suv sizib chiqishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ya’ni yer qatlami namlanib, bo‘shashgani oqibatida to‘satdan o‘yilgan ehtimoli bor.

Qizig‘i, 2024 yilda ham aynan shu atrofda shunga o‘xshash yer o‘pirlishi qayd etilgani eslatilmoqda. Hozirda esa mutaxassislar voqea sabablarini aniqlash uchun tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Bunday holatlar “bir soniya”da katta xavfga aylanishi mumkin. Shu uchun tekshiruv xulosalari va xavfsizlik choralarini vaqtida kuchaytirilsa, keyingi yirik noxushliklarning oldini olish mumkin bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Shanxayda yer taxminan 10–20 metr o‘pirildi