19:10 / 11.03.2017
5 615

Damashqdagi portlashlarda 40 nafar Iroq fuqarosi halok bo‘ldi

Damashqdagi portlashlarda 40 nafar Iroq fuqarosi halok bo‘ldi

Iroq tashqi ishlar vazirligi shanba kuni ertalab Suriya poytaxtining Bob Musalla tumanida ro‘y bergan ikki portlash oqibatida mamlakatning 40 nafar fuqarosi halok bo‘lgani, 120 inson jarohat olganini tasdiqladi, deb yozmoqda Kun nashri.

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobuslar portlatilgani oqibatida taxminan 40 nafar iroqlik halok bo‘ldi va 120 nafari jarohat oldi", - deya xabar berdi Iroq TIV. Shuningdek ta’kidlanishicha, voqealar rivojini Damashqdagi elchixona orqali kuzatilmoqda.

Idora xabariga ko‘ra, iroqliklar Bob as-Sag‘ir tumanidagi muqaddas qadamjolarga ziyoratga borishgan.

Bayonotda ta’kidlanishicha, Iroq TIV Suriya hukumati bilan hamkorlikda “barcha qurbonlar va jarohat olganlarni aniqlash”, shuningdek “halok bo‘lganlar jasadini samolyotlarda olib kelish uchun inqiroz guruhini tashkil etdi”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Damashqdagi portlashlarda 40 nafar Iroq fuqarosi halok bo‘ldi