date

Pokistonda nazorat punktiga hujum: 12 hujumchi yo‘q qilindi

Pokistonda nazorat punktiga hujum: 12 hujumchi yo‘q qilindi

17 fevral kuni Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida, Bajaur tumani hududida joylashgan nazorat punktiga qaratilgan terrorchilik hujumi sodir etildi. Bu haqda The Hindu nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 11 nafar xavfsizlik xodimi hamda bir nafar bola halok bo‘lgan. Yana yetti kishi, ular orasida ayollar va bolalar ham bor, turli darajada tan jarohatlari olgan.

Pokiston armiyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga asosan, hujum avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma yordamida amalga oshirilgan. Portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mashina nazorat punkti devoriga urilib, kuchli portlash yuz bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hujumni Pokiston Tolibon harakati a’zolari amalga oshirgan. Xavfsizlik kuchlarining javob amaliyoti davomida 12 nafar hujumchi yo‘q qilingan.

Mamlakat prezidenti Asif Ali Zardoriy sodir etilgan hujumni keskin qoralab, halok bo‘lganlar oilasiga hamdardlik bildirdi. Shuningdek, Bosh vazir Shahboz Sharif terrorchilikka qarshi kurash davlat uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonda nazorat punktiga hujum: 12 hujumchi yo‘q qilindi