Madagaskarga yopirilgan dovul kamida 50 kishini hayotdan olib ketdi


Madagaskarda "Enavo" dovuli oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 50 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda "Frans Press" agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Dastlabki xabarlarda qurbonlar soni 38 nafar ekani, 180 kishi jarohatlangani, shuningdek, 116 ming kishi o‘z turar joylarini tark etishga majbur bo‘lgani aytilgandi.
Tabiiy ofatdan jabrlanganlarni joylashtirish uchun butun mamlakat bo‘ylab 137ta markaz ochilgan.
Bu safargi bo‘ron Madagaskarda 2012 yildan buyon eng yirik bo‘ron bo‘ldi.
Dovul orol mamlakatning shimoli-sharqiy qirg‘oqlaridan kirib kelgan, shamol tezligi soatiga 300 kilometrni tashkil qilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…