
G‘arbiy Mo‘suldagi IShID jangarilari to‘liq qurshab olindi. Bu haqda IShIDga qarshi kurashuvchi koalisiyadagi AQSh maxsus vakili Brett Makgark ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Makgarkning ta’kidlashicha, Iroq qo‘shinlari Mo‘suldan oxirgi chiqish yo‘lini nazorat ostiga olganlar.
Uning aytishicha, IShID ayni vaqtda Iroqda bosib olgan hududining 60 foizni yo‘qotgan.
Avvalroq iroqlik harbiylar Mo‘sulni IShIDdan bir oy ichida to‘liq ozod qilishni mo‘ljallayotganlari ma’lum qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing