23:30 / 13.03.2017
7 838

Timoshenko Ukraina qo‘g‘irchoq hukumat orqali tashqaridan boshqarilishini aytdi

Timoshenko Ukraina qo‘g‘irchoq hukumat orqali tashqaridan boshqarilishini aytdi

Ukraina oliy radasidagi "Batkivщinы" fraksiyasi etakchisi Yuliya Timoshenko Ukraina tashqaridan boshqarilishini aytdi. U bu haqda 13 mart kuni "112 Ukraina" telekanali namoyish qilgan matbuot-anjumanda aytib o‘tdi.

"Ukrainada tashqi boshqaruv kiritilgan. Tashqi boshqaruv Ukrainadagi qo‘g‘irchoq hukumat: prezident, bosh vazir, milliy bank rahbari va parlamentdagi boshqariluvchi ko‘pchilik orqali amalga oshiriladi", deb aytdi Timoshenko. Biroq siyosatchi Kiev siyosatiga kim bunday ta’sir qilishi haqida tushuntirish bermagan.

Timoshenko Ukrainadagi joriy vaziyat "mamlakatning to‘liq iqtisodiy mustamlakalashtirilishiga" olib kelishini ta’kidlab o‘tdi.

Timoshenko fevralda Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysmanni "har bir ukrainalikka isnod bo‘lgan megakorrupsiyada" ayblagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Timoshenko Ukraina qo‘g‘irchoq hukumat orqali tashqaridan boshqarilishini aytdi