Antarktidada kamyob hodisa kuzatildi

Antarktida osmonida halqasimon to‘liq quyosh tutilishi ro‘y berdi. Bu haqda Arktika va Antarktika tadqiqot instituti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 17 fevral kuni Janubiy yarim sharda noyob halqasimon to‘liq quyosh tutilishi holati qayd etilgan. To‘liq tutilish bosqichi ikki daqiqadan sal ko‘proq davom etgan, hodisaning umumiy davomiyligi esa taxminan to‘rt yarim soatni tashkil qilgan. Ushbu kamyob astronomik manzarani Arktika va Antarktika tadqiqot instituti olimlari tasvirga olishga ham ulgurgan.
Xabarda tushuntirilishicha, “to‘liq quyosh tutilishi Oy Yerga nisbatan yetarlicha uzoqroqda bo‘lsa va Quyoshni to‘liq yopa olmasa, u uzuk ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunday paytda Quyoshning yorqin halqa shaklidagi qirrasi ko‘rinadi — juda hayratomuz manzara. Ammo shunday tutilishda Quyosh tojini yoki uning atrofidagi yulduzlarni ko‘rishning iloji bo‘lmaydi”.
Shuningdek, astronomlar avvalroq aytganidek, tutilishni faqat o‘sha hududning o‘zida ko‘rish mumkin edi. Antarktidadagi “Mirniy” stansiyasida esa uni atigi bir nechta kishi kuzata olgani qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 17 fevral kuni Janubiy yarim sharda noyob halqasimon to‘liq quyosh tutilishi holati qayd etilgan. To‘liq tutilish bosqichi ikki daqiqadan sal ko‘proq davom etgan, hodisaning umumiy davomiyligi esa taxminan to‘rt yarim soatni tashkil qilgan. Ushbu kamyob astronomik manzarani Arktika va Antarktika tadqiqot instituti olimlari tasvirga olishga ham ulgurgan.
Xabarda tushuntirilishicha, “to‘liq quyosh tutilishi Oy Yerga nisbatan yetarlicha uzoqroqda bo‘lsa va Quyoshni to‘liq yopa olmasa, u uzuk ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunday paytda Quyoshning yorqin halqa shaklidagi qirrasi ko‘rinadi — juda hayratomuz manzara. Ammo shunday tutilishda Quyosh tojini yoki uning atrofidagi yulduzlarni ko‘rishning iloji bo‘lmaydi”.
Shuningdek, astronomlar avvalroq aytganidek, tutilishni faqat o‘sha hududning o‘zida ko‘rish mumkin edi. Antarktidadagi “Mirniy” stansiyasida esa uni atigi bir nechta kishi kuzata olgani qayd etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing