18:14 / 14.03.2017
6 050

Meksika bilan chegarada devor qurishda ko‘plab kompaniyalar ishtirok etmoqchi

Meksika bilan chegarada devor qurishda ko‘plab kompaniyalar ishtirok etmoqchi

Meksika bilan chegarada devor qurishda ishtirok etish bo‘yicha tanlovda Ispaniyaning 60dan ortiq kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tdi, deb yozmoqda Kun nashri.

Devor qurilishi loyihasi bo‘yicha savdolarga etkazib beruvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan ispan kompaniyalari ishtirok etish niyatida bo‘lgan barcha kompaniyalar umumiy sonining 10 foiziga teng.

Bunday kompaniyalardan birining egasi Mario Burgosning aytishicha, otasi Ekvadorda tug‘ilgan, buvasi hamda buvisi esa Evropadan ko‘chib kelgan. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, bu uni Meksika bilan chegarada devor qurish huquqini taqdim etish bo‘yicha savdolarda ishtirok etishdan voz kechishiga sabab bo‘la olmaydi.

«Men muhojirlarga qarshi emasman. Gap yangi ish o‘rinlarini yaratish haqida bormoqda», - dedi Burgos.

Tanlov rasman boshlanmadi, biroq ichki xavfsizlik Departamenti nomzodlarni shu hafta yakunida tanlab ola boshlashi kutilmoqda.

Avvalroq AQShga Meksika bilan chegarada devor qurish uchun 20 mlrd dollar etishmayotgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksika bilan chegarada devor qurishda ko‘plab kompaniyalar ishtirok etmoqchi