Tailandda qahva endi ikki barobar kamroq shirin bo‘ladi

Tailandda qahva endi ikki barobar kamroq shirin bo‘ladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Tailanddagi to‘qqizta yirik qahvaxona tarmog‘i ichimliklar shirinligini kamida ikki barobarga kamaytirishga rozi bo‘ldi.
  • Bu tashabbus mamlakat aholisi kuniga o‘rtacha 21 choy qoshiq shakar iste’mol qilayotgani, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya qiladigan me’yor esa 6 choy qoshiq ekani bilan bog‘liq.
  • 2017 yildan beri qadoqlangan ichimliklarga shakar solig‘i joriy etilgan, biroq ko‘cha sotuvchilari va kafelarda tayyorlanadigan ichimliklar unga kiritilmagan.

Tailand hukumati aholi salomatligini asrash uchun shakar iste’molini qisqartirish kampaniyasini yanada kuchaytirmoqda. “The Guardian” xabariga ko‘ra, fevral oyida mamlakatdagi to‘qqizta yirik qahvaxona tarmog‘i ichimliklar shirinligini kamida ikki barobarga tushirishga rozilik bergan.

Gap shundaki, Tailand aholisi kuniga o‘rtacha 21 choy qoshiq shakar iste’mol qiladi. Bu esa Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya qiladigan me’yor — kunlik 6 choy qoshiqdan ancha yuqori. Asosiy “aybdor” esa shirin ichimliklar: muzli tay choyidan tortib, tapiokali sutli choylar va turli “milk” ichimliklarigacha.

Soliq bor, lekin hamma joyga emas

Tailandda 2017 yildan beri qadoqlangan ichimliklarga shakar solig‘i bosqichma-bosqich joriy etilgan. Oxirgi bosqich 2025 yilda amalga oshirilib, aynan qadoqlangan ichimliklar segmentiga qaratilgan.

Natija ham ko‘ringan: ko‘plab ishlab chiqaruvchilar yuqori soliqdan qochish uchun retseptni o‘zgartirib, shakar miqdorini pasaytirgan. Lekin ko‘cha sotuvchilari va kafelarda “joyida” tayyorlanadigan yangi ichimliklarga bu soliq tatbiq etilmagan. Mutaxassislar esa aynan shu segment shakar iste’molining katta manbai bo‘lib qolayotganini, uni nazorat qilish esa juda murakkabligini ta’kidlayapti.

Yangi qoida nima beradi

So‘nggi tashabbus eng yirik kafe tarmoqlarini qamrab olmoqda. Ayrim do‘konlar hozirning o‘zida mijozlarga shirinlik darajasini tanlash imkonini beryapti: 0%, 25%, 50%, 75% va 100%.

Yangi tartibga ko‘ra esa ba’zi ichimliklardagi “100% shirinlik” oldingi “100%”ga qaraganda ikki barobar kam bo‘ladi. Ya’ni nomida 100% tursa ham, ta’mi avvalgidek “shakar bombasi” bo‘lmaydi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar