date

Moskvadagi Savelovsk vokzal maydonida portlash yuz berdi

Moskvadagi Savelovsk vokzal maydonida portlash yuz berdi

Bugun, 24 fevralga o‘tar kechasi Rossiyaning Moskva shahridagi Savelovsk vokzal maydonida portlash sodir bo‘ldi. Fojiali hodisa natijasida 2 kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi turli darajada jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Astra” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa taxminan soat 00:05 atrofida yuz bergan. Portlashni sodir etgan shaxs yo‘l-patrul xizmati xodimlari oldiga yaqinlashgan va noma’lum jism portlab ketgan.

Oqibatda 34 yoshli yo‘l-patrul xizmati katta inspektori, leytenant D.B halok bo‘lgan. Hodisa vaqtida yana ikki nafar xodim turli darajadagi tan jarohatlari olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Portlash xizmat avtomobilining oynasini sindirib, salon va boshqa qismlariga ham zarar yetkazgan.

Avvaliga gumonlanuvchi qochib ketgani aytilgan bo‘lsa-da, kuzatuv kameralari yozuvlari va voqea joyini tekshirish natijasida tergovchilar portlashni sodir etgan shaxs ham jon bergan, degan xulosaga keldi.

Mazkur holat bo‘yicha Rossiya Jinoyat kodeksining 317-moddasi (huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimining hayotiga tajovuz) va 222.1-moddasi (portlovchi qurilmalarni noqonuniy ishlatish) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Moskvadagi Savelovsk vokzal maydonida portlash yuz berdi