Oq uy oldida “minalangan” avtomobil egasi qo‘lga olindi


Bugun, 19 mart kuni Vashingtonda Oq uy oldiga mashinada kelib, uning ichida bomba borligini aytgan noma’lum shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib Qalampir.uz xabar qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mashina ichidan bomba topilmagan. Biroq Oq uy atrofida havfsizlik choralari kuchaytirilgan. Bino yonidagi bir qator ko‘chalarga kirish ham taqiqlangan.
Yolg‘on ma’lumot bergan haydovchi qo‘lga olingan. Uning nima sababdan bunday yo‘l tutgani hozircha ma’lum emas.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…