
LifesBook_Ceo taxallusi ostidagi mikrobloger yashil uychadan juda katta hajmdagi xo‘roz chiqib kelishi tasvirlangan videoga e’tibor qaratdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
«Nima uchun bu xo‘roz bunday katta?» - deya o‘z obunachilariga murojaat qilgan foydalanuvchi. Uni yuzlab boshqa foydalanuvchilar qo‘llab-quvvatlashdi. Natijada tvit 37 ming laykni yiqqan.
«Bu juda katta tovuq – hayotimda ko‘rgan eng qo‘rqinchli narsa», - deya yozdi blogerlardan biri.
Foydalanuvchilar juda katta xo‘rozdan qo‘rqib ketishganini tan olishdi. «Har gal ko‘zimni yumganimda, bu ulkan xo‘rozni ko‘rmoqdaman. Men nafas olishga qiynalyapman. Bu endi men o‘ylayotgan yagona narsa», - deya yozdi Swiggity Swooty.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar