date

Xitoy Eron bo‘yicha qanday siyosiy yo‘l tutmoqda?

Xitoy Eron bo‘yicha qanday siyosiy yo‘l tutmoqda?

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Eron oliy rahbari — Ali Xominaiyning qasddan o‘ldirilishiga keskin munosabat bildirib, mintaqadagi harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.

Rasmiy bayonotda Xitoy Xalq Respublikasi tashqi siyosat idorasi mazkur hujumni Eron davlat suverenitetiga qarshi qaratilgan jiddiy va xavfli harakat sifatida baholagan.

Pekin rasmiylari, xususan Pekin tomoni mintaqada, ayniqsa Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni saqlab qolish uchun barcha manfaatdor tomonlarni vazminlikka, muammolarni diplomatik va siyosiy yo‘llar orqali hal etishga chaqirmoqda.

Xitoy tomonining ta’kidlashicha, qurolli to‘qnashuvlarning kengayishi butun mintaqa xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi va bu holat xalqaro barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shu bilan birga, xitoylik tahlilchilar va ekspertlar fikricha, hozirgi vaziyatda Eron tomonidan Isroil hamda AQSH harbiy kuchlariga nisbatan javob zarbalari berish ehtimoli yuqori bo‘lib qolmoqda.

Mutaxassislar Islom Respublikasining yaqin vaqt ichida ichki siyosiy beqarorlik yoki davlat tizimining qulashiga ishonmayapti. Ular bunga sabab sifatida mamlakat ichida yagona va birlashgan muxolifat kuchlari mavjud emasligini, shuningdek, AQSHning ushbu mojaroga yanada chuqur va keng ko‘lamli tarzda aralashishdan hozircha manfaatdor emasligini ko‘rsatmoqda.

Ekspertlarga ko‘ra, Xitoy hozirgi bosqichda mojaroning harbiy yo‘l bilan hal etilishini qo‘llab-quvvatlamaydi va o‘z tashqi siyosatini asosan muloqot, bosqichma-bosqich muzokaralar hamda xalqaro vositachilikni faollashtirish orqali olib borishga intilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy Eron bo‘yicha qanday siyosiy yo‘l tutmoqda?