London Ukrainadan Eron dronlari hujumini to‘xtatishda yordam so‘radi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer ma’lum qilishicha, London Fors ko‘rfazi mamlakatlarida Shahed turkumli Eron dronlari hujumini yo‘ldan qaytarishda Ukrainadan mutaxassislarni jalb qiladi.
Bosh vazirning bayonotida ta’kidlanishicha, Britaniya o‘z mutaxassislari bilan birga Fors ko‘rfazi mintaqasidagi hamkorlari uchun Ukraina ekspertlaridan foydalanib, Eron dronlariga qarshi samarali choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, Britaniya hukumati AQSHga Eronga qarshi amaliyotlarda o‘z bazalaridan foydalanish imkonini bergan, ammo Buyuk Britaniyaning o‘zi to‘g‘ridan to‘g‘ri hujumlarda qatnashmaydi.
Ta’kidlanishicha, bu qadam mintaqada xavfsizlikni ta’minlash va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing