date
views 6 318

Tramp "yuk mashinasi haydovchisi"ga aylandi

Tramp "yuk mashinasi haydovchisi"ga aylandi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zini yuk haydovchisi sifatida sinab ko‘rdi. Bundan behad xursand bo‘lgan milliarderning 18 ta g‘ildirakli Mack rusumidagi yuk mashinasi kabinasida tushgan suratlari jahon nashrlari orasida tez tarqaldi, deb yozadi Kun.uz. Trampning suratlarda aks etgan qiyofasi memlarga aylanishga ulgurdi.

Tramp AQShning yuk tashishlar uyushmasi vakillari bilan Oq uydagi uchrashuvda respublikachilar Obamacare o‘rniga taklif qilayotgan sog‘liqni saqlash dasturini muhokama qilishi kerak edi. Tramp Oq uy oldiga qo‘yilgan ikkita yuk mashinasidan biriga o‘tirib ko‘rdi. Uchrashuvda Trampda "I ♥️ TRUCKS" (Men yuk mashinalarni yaxshi ko‘raman) degan yozuvli ko‘krak nishoni taqilgan bo‘lgan.





Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp "yuk mashinasi haydovchisi"ga aylandi