date

Qatar Eron bilan urushning global oqibatlaridan ogohlantirdi

Qatar Eron bilan urushning global oqibatlaridan ogohlantirdi

Qatar energetika vaziri Saad al Kaabi AQSH va Isroilning Eronga qarshi olib borayotgan harbiy harakatlari global energetika xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotganini ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, agar vaziyat barqarorlashmasa, Fors ko'rfazidagi neft qazib oluvchi davlatlar yaqin haftalar ichida o'z faoliyatini to'xtatishga majbur bo'ladi. Bu holat jahon bozorida neft narxining bir barrel uchun 150 dollargacha sakrashiga olib kelishi mumkin.

Hozirgi kunda Hormuz bo'g'ozi orqali yuk tashish o'ta xavfli tus olgan. Kema qatnovining deyarli to'xtashi va sug'urta to'lovlarining keskin oshishi logistika zanjirini izdan chiqardi. Brent rusumidagi neft narxi allaqachon 87,66 dollargacha ko'tarilib, 2024 yil iyulidan buyon eng yuqori ko'rsatkichni qayd etdi. Mutaxassislar ushbu inqiroz davom etsa, dunyo bo'ylab YaIM o'sishi sekinlashishi va tovarlar taqchilligi yuzaga kelishidan xavotirda.

Eslatib o'tamiz, 28 fevral kuni boshlangan harbiy to'qnashuvlar ortidan Tehron o'z javob zarbalarini yo'lladi. Natijada 2 mart kuni Qatar o'zining suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarishini to'xtatishga majbur bo'ldi. Jahon bozorida katta ulushga ega bo'lgan ushbu davlatning qarori global energiya ta'minotiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qatar Eron bilan urushning global oqibatlaridan ogohlantirdi