date

Eron zarbalari kamayayotgan paytda AQSH-Isroil bosimi oshmoqda

Eron zarbalari kamayayotgan paytda AQSH-Isroil bosimi oshmoqda

Xalqaro OCINT tadqiqotchilari ma’lum qilishicha, Eronning raketa va dronlar bilan amalga oshirayotgan zarbalari sekin-asta kamaya boshlagan.

Mojaroning ilk sakkiz kunida Eron tomonidan yuborilgan qurollar soni quyidagicha qayd etilgan:

Ballistik raketalar:

1-kun: 350

2-kun: 175

3-kun: 120

4-kun: 50

5-kun: 40

6-kun: 32

7-kun: 28

8-kun: 15

Dronlar:

1-kun: 294

2-kun: 541

3-kun: 200

4-kun: 85

5-kun: 45

6-kun: 38

7-kun: 30

8-kun: 12

Shu bilan birga, AQSH va Isroil tomonidan Eronga qilingan zarbalarning intensivligi ortib bormoqda.

Biroq, kecha New York Times nashri ma’lum qildiki, AQSH Eronga amalga oshirgan harbiy zarbalari orqali taxminan 210 milliard dollarlik zarar ko‘rish ehtimoli mavjud. Shu munosabat bilan Pentagon Kongressga murojaat qilib, harbiy aslahalarni ta’minlash uchun qo‘shimcha mablag‘ so‘ragani ma’lum qilingan.

Tahlilchilar e’tiboricha, Eron tomonidan zarbalarning kamayishi va AQSH-Isroilning kuchayishi mintaqadagi vaziyatning murakkablashuviga va xalqaro siyosiy qarashlarning keskinlashishiga olib kelishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron zarbalari kamayayotgan paytda AQSH-Isroil bosimi oshmoqda