date

Larijani: Isroil Eron va Ozarbayjon o‘rtasida fitna qo‘zg‘atmoqda

Larijani: Isroil Eron va Ozarbayjon o‘rtasida fitna qo‘zg‘atmoqda

Ali Larijani — Eron Oliy Milliy Xavfsizlik Kengashi kotibi — mintaqadagi vaziyatga doir bayonot berib, Isroil Eron va Yaqin Sharqdagi qator davlatlar o‘rtasida ziddiyat keltirib chiqarishga urinmoqda, deb ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil ayrim davlatlar o‘rtasida ishonchsizlik paydo qilish va mojaro qo‘zg‘atish uchun turli ayyorlik va fitnalardan foydalanmoqda. Ayniqsa, bu harakatlar Eron va Yaqin Sharq mamlakatlari, jumladan Ozarbayjon o‘rtasida munosabatlarni izdan chiqarishga qaratilgani aytildi.

Larijani ta’kidlashicha, Tehronning asosiy siyosati qo‘shni davlatlar bilan tinch va do‘stona munosabatlarni saqlab qolishdan iborat. Shu sababli Eron rahbariyati mintaqa mamlakatlari bilan o‘zaro ishonchni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratadi.

“Bizning strategiyamiz — qo‘shnilarimiz bilan do‘stlikni saqlash, o‘zaro ishonchni mustahkamlash va turli shubhalar hamda ziddiyatlardan qochishdan iborat. Agar milliy xavfsizligimizga qo‘shni davlatlar hududidan tahdid qilinmasa, biz bunday munosabatni davom ettiramiz”, — dedi u.

Shu bilan birga, u Eron Ozarbayjon bilan hech qanday muammoga ega emasligini ta’kidladi. Ammo Eronga qarshi har qanday tahdid yoki bosim bo‘lgan taqdirda, Tehron bunga munosib javob qaytarishini bildirdi.

Larijanining fikricha, mintaqadagi barqarorlikni saqlash uchun davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va muloqot muhim ahamiyat kasb etadi. U ayrim tashqi kuchlar tomonidan mojarolarni qo‘zg‘atishga qaratilgan urinishlar mintaqa xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkinligini ham qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Larijani: Isroil Eron va Ozarbayjon o‘rtasida fitna qo‘zg‘atmoqda