date

Eron bilan harbiy to'qnashuv AQSHga qimmatga tushmoqda

Eron bilan harbiy to'qnashuv AQSHga qimmatga tushmoqda

AQSH Eron bilan boshlangan harbiy to'qnashuvning dastlabki bir haftasi davomida taxminan 6 milliard dollar mablag' sarfladi. Bu haqda The New York Times nashri Pentagonning Kongressga taqdim etgan hisobotiga tayanib xabar berdi. Ma'lumotlarga ko'ra, xarajatlarning asosiy qismi, ya'ni 4 milliard dollari Eronning raketa hujumlarini qaytarishga mo'ljallangan o'q-dorilarni sotib olishga yo'naltirilgan. Hozirda qonun chiqaruvchilar AQSH ma'muriyati harbiy amaliyotlarni davom ettirish uchun qo'shimcha byudjet so'rab murojaat qilishini kutishmoqda.

Eslatib o'tamiz, 28 fevral kuni AQSH va Isroil Eron hududiga qarshi keng ko'lamli havo hujumlarini boshlab yubordi. Ushbu zarbalar oqibatida mamlakat oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo'ldi. Eron tomoni ushbu yo'qotishni 1 mart kuni rasman tasdiqladi. Bunga javoban Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi Isroil hududidagi nishonlarga qarshi qasos operatsiyasi boshlanganini e'lon qildi. Vaziyat yanada keskinlashib, mintaqadagi Bahrayn, Iordaniya, Qatar, Quvayt, BAA va Saudiya Arabistonida joylashgan AQSH harbiy bazalariga ham zarbalar berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron bilan harbiy to'qnashuv AQSHga qimmatga tushmoqda