date

AQSH va Isroilning Eronga hujumlaridan maqsadi nima?

AQSH va Isroilning Eronga hujumlaridan maqsadi nima?

AQSH va Isroilning Eron infratuzilmasiga, ayniqsa fuqarolik obyektlariga keng miqyosda zarba berishdan maqsadi: Eron ichida norozilik kuchayishiga va xalqning hukumatga qarshi chiqishiga zamin yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Ya’ni infratuzilmaning vayron qilinishi va hayot sharoitining og‘irlashishi xalqni qo‘zg‘olonga undaydi, degan hisob-kitob qilinmoqda.

Eronning AQSH harbiy bazalariga va Isroilga hujumdan maqsadi: Eron arab davlatlaridagi AQSH harbiy bazalarini nishonga olish orqali bu davlatlar hukumatlariga bosim o‘tkazishni maqsad qilmoqda. Bu orqali arab rejimlari AQSH va Isroilga bosim o‘tkazib, urushni to‘xtatishga majbur qiladi, degan maqsad bor.

So‘nggi soatlarda AQSH va Isroilning Tehrondagi aholi yashaydigan hududlarga bombardimonlari yanada kuchaygan. Aholi orasida qurbonlar soni mingdan oshgan, ko‘plab insonlar vayronalar ostida qolgani aytilmoqda.

AQSH kurd kuchlari Eronga qarshi quruqlik hujumida ishtirok etishi haqidagi xabarlar rad etilgan bo‘lsa-da, Eron hukumati G‘arbiy Eronda kurd qurolli guruhlari va siyosiy partiyalariga qarshi keng ko‘lamli hibs amaliyotlarini boshlagan.

Shu bilan birga, ayrim kurd qurolli guruhlarining harbiy markazlari Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tomonidan nishonga olinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH va Isroilning Eronga hujumlaridan maqsadi nima?