Eron bilan urush: AQSH birinchi haftada 6 mlrd sarfladi

AQSH uchun Eron bilan yuzaga kelgan harbiy qarama-qarshilikning ilk haftasi ancha qimmatga tushgani ma’lum qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu muddat ichida AQSH tomonidan taxminan 6 milliard dollar miqdorida mablag‘ sarflangan.
The New York Times nashrining yozishicha, ushbu mablag‘ning katta qismi harbiy ehtiyojlar, xususan o‘q-dori va mudofaa tizimlarini qo‘llashga yo‘naltirilgan. Ayniqsa, sarf-xarajatlarning qariyb 4 milliard dollari raketa-tutib oluvchi tizimlar hamda ularga bog‘liq o‘q-dorilar uchun ajratilgani qayd etilmoqda.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, zamonaviy havo mudofaa tizimlari orqali raketa va boshqa havo hujumlarini qaytarish juda katta mablag‘ talab qiladi. Bunday texnologiyalar yuqori aniqlikka ega bo‘lib, har bir tutib oluvchi raketa qimmatbaho harbiy uskunalar qatoriga kiradi.
Shu bois, hatto qisqa muddatli harbiy to‘qnashuvlar ham katta moliyaviy xarajatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Tahlilchilar fikricha, agar qarama-qarshilik davom etadigan bo‘lsa, urush xarajatlari yanada oshishi ehtimoldan xoli emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!