Maqsad yo‘q qilish emas: Isroil nimaga intilyapti?

Buyuk Britaniyaning nufuzli Financial Times nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning asosiy maqsadi Eronni butunlay yo‘q qilish emas. Manbalar ta’kidlashicha, Isroil rahbariyatining asosiy niyati mamlakatdagi siyosiy boshqaruvni o‘zgartirish, ya’ni amaldagi hokimiyat tizimini almashtirishdan iborat.
Nashr suhbatlashgan manbalarning aytishicha, harbiy to‘qnashuv boshlangan dastlabki kunlarda Amerika Qo‘shma Shtatlari va Isroil tomonidan ilgari surilgan talablar ancha qat’iy va keskin bo‘lgan. Biroq vaqt o‘tishi, urush uzoqqa cho‘zilib borishi bilan bu talablar asta-sekin yumshoqroq tus ola boshlagan.
Kuzatuvchilarning fikricha, uzoq davom etayotgan harbiy qarama-qarshilik har ikki tomonni ham dastlabgi rejalariga o‘zgarish kiritishga majbur qiladi. Shu sababli ayrim siyosiy doiralar bu vaziyatni yangi muzokaralar yoki siyosiy bosim orqali ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan strategiya bilan bog‘lamoqda.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, agar urush yana davom etadigan bo‘lsa, xalqaro maydondagi bosim va diplomatik harakatlar yanada kuchayishi mumkin. Chunki mintaqadagi bu mojaro nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi qarama-qarshilik, balki butun Yaqin Sharqdagi siyosiy muvozanatga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!